date

Zinyo Vankhesden 26 yoshida faoliyatini yakunladi


Belgiyaning eng yorqin futbol iqtidorlaridan biri sifatida ko'rilgan sobiq "Inter" futbolchisi Zinyo Vankhesden 26 yoshida jarohatlar sabab professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda Football Italia xabar berdi.

Markaziy himoyachi sifatida faoliyatini Lyejning "Standard" jamoasida boshlagan Vankhesden 16 yoshga to'lganidan bir necha kun o'tib "Inter"ning yoshlar jamoasiga qo'shilgan edi. Unga asosiy tarkibda joy olish va'da qilingan bo'lsa-da, sog'liq bilan bog'liq muammolar uning rivojlanishiga to'sqinlik qildi.

"So'nggi bir necha yil men uchun juda og'ir bo'ldi. Jarohatlar, jarrohlik amaliyotlari, ukollar, dori-darmonlar...

Men sog'ayish uchun qo'limdan kelgan hamma narsani qildim, ammo har safar bu yanada qiyinlashib bordi. Ich-ichimdan har doim futbolchi bo'lishni xohlardim, ammo tanam allaqachon "yetar" deb signal bermoqda.

O'zimga, salomatligimga va otalik roliga hurmat sifatida futbolni tark etaman. Futbolsiz hayotni bilmayman, ammo endi bunga o'rganaman," – deya yozdi futbolchi o'z ijtimoiy tarmoqlarida.

Vankhesden Belgiya milliy terma jamoasi tarkibida bor-yo'g'i 1 marta maydonga tushgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zinyo Vankhesden 26 yoshida faoliyatini yakunladi