
Italiya chempionati 12-tur markaziy uchrashuvida "Milan" "Inter"ni magʻlubiyatga uchratdi. Bu "Inter" jamoasi uchun ushbu mavsumdagi toʻrtinchi magʻlubiyat boʻldi.
"Milan"ning belgiyalik yarim himoyachisi Aleksis Salemakers oʻyindan keyin oʻz jamoasi bilan faxrlanishini va natijadan mamnunligini bildirdi. "Men bu jamoa bilan faxrlanaman.
Biz ajoyib ishni amalga oshirdik. Biz haqiqiy jamoa boʻlib, birdamlikda harakat qildik.
Quvonchda ham, qaygʻuda ham birgamiz. Biz muxlislarimizga quvonch ulashdik.
Kelgusida bu ishni davom ettirishga harakat qilamiz", – dedi Salemakers pianetamilan.it nashriga bergan intervyusida. Keyingi turda "Milan" Rimning "Latsio" jamoasini oʻz maydonida qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.