date

Konte: "Murakkab yil, ammo bunga tayyor edim"


Chorshanba kuni "Napoli" Yevropa Chempionlar Ligasida "Qarabagʻ" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte o‘yindan oldingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"O‘yinga tegishli ruh va energiya bilan yondashmoqdamiz. Shanba kuni o‘zimga kerakli javoblarni oldim, ajoyib o‘yin namoyish etdik.

Bu yil ko‘plab sabablarga ko‘ra murakkab kechmoqda, buni mavsum boshlanishidan oldin ham aytgan edim. Boshqarishim mumkin bo‘lgan narsalar bor – bu ish jarayoni, taktik tayyorgarlik.

Ammo boshqarishim qiyin narsalar ham bor, masalan, jarohatlar", – deydi Konte fcinter1908.it nashriga bergan intervyusida. Maʼlumki, Antonio Konte 2024 yildan beri "Napoli" klubini boshqarib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Konte: "Murakkab yil, ammo bunga tayyor edim"