date

Vinisius Perezga javob qaytardi


Real Madrid hujumchisi Vinisius Junior oʻzining kelajagi borasidagi pozitsiyasini klubga bildirdi. The Athletic nashrining uchta manbaga tayanib xabar berishicha, oʻtgan oy oxirida Vinisius klub prezidenti Florentino Perez bilan suhbatda oʻzining Xabi Alonso bilan munosabatlari tarang boʻlgan sharoitda shartnomani uzaytirishni istamasligini aytgan.

Vinisius Perez bilan ushbu suhbatni "El Klasiko"dan soʻng oʻtkazgan. Oʻsha oʻyinda hujumchi almashtirilishiga gʻazab bilan javob bergan edi.

Braziliyalik futbolchi Perezga murabbiy bilan bunday munosabatlar davomida shartnomasini uzaytirish eng yaxshi variant emasligini taʼkidlagan. Avvalroq Real Madrid va Vinisius Junior oʻrtasidagi muzokaralar moliyaviy masalalardagi kelishmovchiliklar sabab toʻxtab qolgan edi.

Hozirgi kunga kelib, Vinisiusning Real bilan amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha moʻljallangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinisius Perezga javob qaytardi