date

Nuri Shahin hakamlardan norozi: «Ligamizdagi darajaga mos emas!»

Nuri Shahin hakamlardan norozi: «Ligamizdagi darajaga mos emas!»

Turkiya Superligasining 13-turida "Istanbul Bashakshehir" o‘z maydonida "Trabzonspor"ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan keyin "Bashakshehir" bosh murabbiyi Nuri Shahin o‘yin va alamli mag‘lubiyat haqida munosabat bildirdi. Uning fikrlarida shogirdlariga faxr va hakamlarga nisbatan keskin tanqid mujassam bo‘ldi.

Murabbiy faxri

"Bellashuvni ikki qismga bo‘lishimiz kerak. Biz juda yaxshi o‘yinni boshladik. Ammo bahs davomida 10 kishi bilan harakat qilishimizga to‘g‘ri keldi. 'Trabzonspor' kabi kuchli raqibga bir kishi kam o‘ynab, 3 ta gol urish oson emas. Men futbolchilarim bilan faxrlanaman," — dedi Shahin o‘z shogirdlarining ko‘rsatgan mardligini yuqori baholab.

Hakamlarga keskin tanqid

Shuningdek, u o‘yin hakamlarini ham keskin tanqid ostiga oldi: "Hakamlar haqida ko‘p gapirmoqchi emasman. Mening e’tiborim asosan o‘yin sifatini oshirishga qaratilgan. Ammo bugungi hakamlar bilan ishlash juda qiyin. Ayrim xatolar sabab biz buning zararini ko‘ryapmiz. Bu masala albatta ko‘rib chiqilishi kerak. Ligamizda yaxshi futbolchilar, yaxshi jamoalar, yaxshi klublar bor, lekin hakamlar darajasi haqida shunday deb ayta olmayman. Bu mening shaxsiy qarashim," — deya o‘z noroziligini yashirmadi murabbiy.

Ma’lumot o‘rnida: ushbu klub safida to‘p surayotgan yurtdoshimiz Eldor Shomurodov chempionat to‘purarlari ro‘yxatida 9 gol bilan yakka peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nuri Shahin hakamlardan norozi: «Ligamizdagi darajaga mos emas!»