date

Arteta "Arsenal" tarkibi haqida yangilangan maʼlumot berdi

Arteta "Arsenal" tarkibi haqida yangilangan maʼlumot berdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turida "Bavariya"ga qarshi oʻyindan oldin jamoa tarkibi haqida soʻnggi maʼlumotlar bilan boʻlishdi. Arteta soʻzlariga koʻra, londonliklar bir necha asosiy futbolchilarning qaytishiga umid qilishlari mumkin.

"Madueke va Martinelli oʻyinga tayyor. Edegor borasida hali muhokama olib boramiz - u oldingi oʻyindan oldin maydonga qaytishga yaqin edi va umid qilamizki, ertaga ham tarkibda boʻladi.

Dёkeresh va Xaverts oʻzlarini yaxshi his qilmoqda", - dedi Arteta. "Arsenal" va "Bavariya" oʻrtasidagi uchrashuv 26-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 02:00 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta "Arsenal" tarkibi haqida yangilangan maʼlumot berdi