
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Sergey Kiryakov "Bavariya" hujumchisi Garri Keynning "Oltin to'p"ni qo'lga kiritish imkoniyati haqida fikr bildirdi. Mutaxassis bu haqda "Evro-Futbol.Ru" internet nashriga bergan intervyusida aytib o'tdi.
"U hech qachon "Oltin to'p" sohibi bo'lolmaydi. Messi va Ronaldu davrida hech kim bu sovrinni qo'lga kirita olmagan, faqat Modrich bundan mustasno edi.
Endi Yamal va Mbappe davri boshlanmoqda. Bu davrda ham raqobatga kirishish oson emas.
O'sha Levandovski, o'z vaqtida Keyn bilan solishtirganda, ancha kuchliroq baholangan edi, ammo u ham "Oltin to'p"ni yuta olmadi. Hozir Levandovski faoliyatining so'nggi bosqichida, ammo Yamal va Mbappe davri yetib keldi.
Bundan tashqari, Vinisiusni ham unutmaslik kerak. Garchi braziliyalik futbolchi biroz pasaygan bo'lsa-da, baribir "Oltin to'p" uchun kurashga qo'shilishi mumkin", - dedi Kiryakov.
2025-yilda "Oltin to'p" sovrini PSJ klubi vingeri Usmon Dembelega topshirildi. Reytingda "Barselona" vakili Lamin Yamal ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsa, uchinchi o'rinni Dembelening jamoadoshi Vitinya band etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.