date

Arteta Kompani haqida fikr bildirdi


Londonning "Arsenal" jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta Myunxenning "Bavariya" jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani haqida o'z fikrlarini bildirdi. "Menda Vinsent tanlagan har qanday sohada aʼlo darajada bo'lishini his qilgan edim va uning uchun hammasi muvaffaqiyatli kechganidan juda xursandman.

Uda xarizma, intellekt, o'yinga bo'lgan muhabbat va mehnatsevarlik bor. Men bilardimki, u nimani boshlamasin, buni juda yaxshi amalga oshiradi", – deydi Artetaning so'zlarini "Arsenal" matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, Kompani "Bavariya"dagi ikkinchi mavsumini o'tkazmoqda. O'tgan mavsumda uning qo'l ostida Myunxen jamoasi Bundesligada chempionlikni qaytarib olgan edi.

26-noyabr, chorshanba kuni, "Arsenal" UEFA Chempionlar Ligasi doirasida "Bavariya"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv London shahridagi "Emireyts" stadionida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta Kompani haqida fikr bildirdi