
FIFA intizom qoʻmitasi Krishtianu Ronalduni bir o'yinga haqiqiy va ikki o'yinga shartli ravishda diskvalifikatsiya qildi. Qarorda aytilishicha, Ronalduga bir yil davomida sinov muddati tayinlangan.
Agar ushbu davrda yulduz hujumchi yana shunga oʻxshash qoidabuzarlik sodir etsa, shartli diskvalifikatsiya haqiqiyga aylanadi. Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan rasmiy oʻyinida ishtirok etishi mumkin, chunki u haqiqiy diskvalifikatsiya qismini allaqachon oʻtab boʻlgan.
Portugaliya terma jamoasining keyingi rasmiy oʻyini iyun oyida Jahon chempionati doirasida boʻlib oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, 40 yoshli Ronaldu Irlandiyaga qarshi oʻtkazilgan soʻnggi oʻyinda raqib futbolchiga tirsagi bilan urganligi uchun toʻgʻridan-toʻgʻri qizil kartochka olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.