Yuventus 472 kundan keyin safarda gʻalaba qozondi

Yuventus 472 kundan keyin safarda gʻalaba qozondi
Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi tur uchrashuvlari boshlandi. Unda Italiya grandlaridan biri "Yuventus" Norvegiyada "Bude-Glimt" jamoasiga qarshi maydonga tushib, 3:2 hisobida gʻalaba qozondi.

Mazkur gʻalaba "Yuventus" uchun joriy mavsum Chempionlar ligasi doirasidagi ilk safar gʻalabasi boʻldi. Bundan tashqari, turinlik jamoa Yevropaning eng nufuzli musobaqasidagi uzoq davom etgan safardagi gʻalabasiz seriyasiga nuqta qoʻydi.

Eslatib oʻtamiz, "Yuventus" oxirgi marta safarda 2024-yilning 2-oktabrida "Leyptsig" jamoasiga qarshi 3:2 hisobida zafar quchgandi. Oʻshandan buyon 472 kun oʻtgan edi.

Keyingi turda "Yuventus" oʻz maydonida Kiprning "Pafos" jamoasini qabul qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar