date

Maktominay: "Ikkinchi bo‘limda kuchaydik"


Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turi o‘yinlari boshlandi. Italiyaning "Napoli" jamoasi o‘z maydonida "Kayrat"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Joriy mavsumda neapolliklarning eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘lgan Skott Maktominay o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Unga ko‘ra, "Napoli" ilk bo‘limda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmadi.

"Dastlabki yigirma daqiqa juda qiyin o‘tdi. Ikkinchi bo‘limda kuchayishga erishdik.

Men jamoaga yordam berishni xohlayman. Antonio Konte menga talabchan yondashmoqda va o‘yinimdan katta umid kutmoqda", – dedi Maktominay calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.

Chempionlar ligasining navbatdagi turida "Napoli" Lissabonning "Benfika" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Maktominay: "Ikkinchi bo‘limda kuchaydik"