date

Runi: Chelsea Arsenalning asosiy raqibiga aylanadi


Londonning "Chelsea" klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida "Barselona"ni yirik hisobda magʻlub etdi. "Manchester Yunayted" va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi ushbu natijadan hayratda ekanini bildirgan.

Endi u "Chelsea"ni Angliya chempionatida Londonning "Arsenal" klubi uchun asosiy raqib deb hisoblamoqda. "Mareska ajoyib ishni amalga oshiryapti.

Hattoki Koʻl Palmerning yoʻqligiga qaramay, jamoa mexanizmi mukammal ishlamoqda. Men bu jamoani oʻz kuchiga ishonib, "Arsenal"ga jiddiy raqobat koʻrsata oladi deb bilaman", — deydi Runi BBC Sportga bergan intervyusida.

Maʼlumot oʻrnida, "Chelsea" oxirgi marta Angliya chempioni boʻlishga 2017-yilda erishgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Runi: Chelsea Arsenalning asosiy raqibiga aylanadi