date

Kukurelya Jamalni choʻntagiga solib qoʻydi

Kukurelya Jamalni choʻntagiga solib qoʻydi
Chelsi darvozaboni Robert Sanches Chempionlar Ligasi doirasida oʻtkazilgan Chelsi va Barselona oʻrtasidagi uchrashuv haqida oʻz fikrlarini bildirdi. Unda "koʻklar" oʻz maydonida kataloniyaliklarni yirik hisobda magʻlubiyatga uchratishdi (3:0).

Ushbu oʻyinda Mark Kukurelya 18 yoshli qanot hujumchisi Lamin Jamalni toʻliq nazorat ostida ushlab, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Oʻyindan soʻng London klubi darvozaboni oʻzaro ispan futbolchilar dueliga nisbatan jasoratli fikr bildirdi: "Bugun Kukurelya Jamalni choʻntagiga solib qoʻydi", – deya Robert Sanchesning soʻzlarini Fabrichio Romano keltirib oʻtdi.

Shuningdek, uchrashuvning 44-daqiqasida Barselona Ronald Arauxoning chetlatilishidan soʻng bir futbolchiga kam boʻlib qoldi. Urugvaylik himoyachi ikkinchi sariq kartochka sabab maydonni tark etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kukurelya Jamalni choʻntagiga solib qoʻydi