
Norvegiyaning "Bude-Glimt" klubi darvozaboni Nikita Xaykin Chempionlar Ligasida rossiyalik darvozabonlar o'rtasida yangi rekord o'rnatdi. Turnirning guruh bosqichi 5-turida "Bude-Glimt" o'z maydonida Italiya grandlaridan biri "Yuventus"ni qabul qildi va 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.
Ushbu bahsda Xaykin o'z darvozasiga qaratilgan 12 zarbani qaytarishga muvaffaq bo'ldi va ushbu ko'rsatkich bo'yicha rossiyalik darvozabonlar orasida birinchi o'ringa chiqdi. Mazkur rekord avvalroq to'rt nafar rossiyalik posbonga tegishli edi: Igor Akinfeev, Sergey Rijkov, Vladimir Gabulo va Ilya Pomazun.
"Bude-Glimt" asosiy vaqt tugashiga uch daqiqa qolganda hisobni tenglashtira oldi, biroq qo'shimcha daqiqalarda hal qiluvchi gol o'tkazib yubordi. Jamoa 5 turdan keyin 2 ochko to'plab, musobaqa jadvalida 31-o'rinni egallab turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.