date

Flik: Bir kishi kam bo‘lib o‘ynash “Barsa”ni izdan chiqardi

Flik: Bir kishi kam bo‘lib o‘ynash “Barsa”ni izdan chiqardi

“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Chempionlar ligasining 5-turida “Chelsi”ga uchralgan yirik mag‘lubiyat (0:3) haqida fikr bildirib, jamoadagi xato va muammolarni ochiq tan oldi. Uning ta’kidlashicha, o‘yinning boshidagi imkoniyatlar golga aylantirilmagani, keyinchalik esa bir kishi kam bo‘lib o‘ynash jamoaga katta bosim keltirgan.

“Bizda hisobni ochish uchun yaxshi vaziyat bor edi, ammo uni golga aylantira olmadik. Bu bosqichda bunday imkoniyatdan foydalanmaslik raqibga katta ustunlik beradi. Arauxo maydondan chetlatilgandan keyin esa vaziyat yanada og‘irlashdi — bunday darajadagi raqibga qarshi o‘n kishi bilan uzoq vaqt o‘ynash juda mashaqqatli”, – dedi Flik.

Uning ta’kidlashicha, jamoa ayrim onlarda ijobiy harakatlar ko‘rsatgan, ammo ular umumiy manzarani o‘zgartira olmagan.

“Ayrim yaxshi daqiqalar bo‘ldi, lekin ular kam bo‘ldi. Biz to‘pni tez-tez yo‘qotdik, hatto eng oddiy uzatmalarda ham xatolar ko‘p uchradi. Bu jihatlarni jiddiy tahlil qilishimiz lozim. Bir kishi kam bo‘lib qancha o‘ynaganimiz aniq esimda yo‘q, lekin bu juda uzoq vaqt bo‘ldi”, – dedi murabbiy.

Flikka ko‘ra, jamoa hali ham CHLda kuchli sakkizlikka kirish uchun harakatni davom ettiradi, biroq bu oson bo‘lmaydi:

“Kuchli sakkizlikka yo‘l olish juda mushkul, lekin biz oxirigacha kurashamiz”.

“Barselona” endi kelasi turgacha xatolarni bartaraf etib, jamoaviy o‘yinni qayta tiklashga harakat qiladi. Muxlislar esa Flik jamoasi qanday tiklanishini kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik: Bir kishi kam bo‘lib o‘ynash “Barsa”ni izdan chiqardi