
"Real Madrid" 2026-yilda katta transfer amalga oshirishni rejalashtirgan edi. Maʼlum vaqt davomida madridliklar Ashraf Hakimini oʻng qanot himoya uchun erkin agent sifatida tarkibga qoʻshmoqchi boʻlishgan.
Biroq Kilyan Mbappening "PSJ"ni tark etishi sababli bu reja amalga oshmay qoldi. Parij klubi Mbappe ketishi bilan moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirib, Hakimiga yangi shartnoma boʻyicha jozibador taklif taqdim etdi.
Natijada, marokashlik futbolchi 1-Liga grandi bilan shartnomasini 2029-yilning oʻrtalarigacha uzaytirdi va "Real"ga qaytish imkoniyati yoʻqqa chiqdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Ashraf Hakimi bir vaqtlar "Real"ning yoshlar jamoasida oʻynagan va asosiy tarkib safida 17 ta oʻyinda maydonga tushgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.