
Londonning "Arsenal" klubi hujumchi Gabriel Jezusning kelajagi borasida qaror qabul qildi. Braziliyalik futbolchi tizzasidan olgan jiddiy jarohatdan soʻng yaqin orada safga qaytishi kutilmoqda.
Shunga qaramay, "kanonirlar" uni qishki transfer oynasida sotishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda Transfer News Live nashri Football Insider manbasiga tayanib xabar berdi.
Jezusning sotilishi "Arsenal" byudjetini yangi oʻyinchilar bilan kuchaytirish uchun qoʻshimcha mablagʻ bilan taʼminlaydi. Hujumchining boshqa klubga oʻtishi esa unga muntazam oʻyin amaliyoti va 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish imkonini yaratadi.
Transfermarkt portali 28 yoshli Gabriel Jezusning transfer qiymatini 25 million yevro deb baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.