
Bavariya bosh murabbiyi Vensan Kompani Londondagi Arsenal bilan oʻyindagi magʻlubiyatning oqibatlari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Kanonirlar" mavsumda birinchi marta bavariyaliklarni 3:1 hisobida magʻlub etishdi.
Endi Mikel Artetaning jamoasi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida 15 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, Bavariya esa ulardan 3 ochkoga ortda qolmoqda. "Bugungi oʻyin natijasi Chempionlar Ligasi taqdirini hal qilmadi.
Biz hech narsani yoʻqotmadik. Ammo toʻgʻri xulosa chiqazib, mart va aprel oylaridagi hal qiluvchi oʻyinlarda bu saboqlardan foydalanish muhim", – deya Kompanining soʻzlarini Bayern & Germany nashri keltirdi.
Keyingi turda Bavariya oʻz maydonida Lissabonning Sporting jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 9-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.