"Kamp Nou"da katta janjal: Turkiyalik noqonuniy ishchilar ushlandi

"Kamp Nou"da katta janjal: Turkiyalik noqonuniy ishchilar ushlandi

"Kamp Nou"da katta janjal: Turkiyalik noqonuniy ishchilar ushlandi
Barselona va uning muxlislari uch yil davomida klubning "Kamp Nou" stadioniga qaytishini intiqlik bilan kutishdi. Nihoyat, bu kutilgan voqea "Atletik" ustidan 4:0 hisobi bilan qozonilgan yirik gʻalaba bilan nishonlandi.

Ammo shu bilan birga, mashhur stadion yana mojaro markaziga tushdi. Kataloniya mehnat inspeksiyasi "Kamp Nou"da taʼmirlash ishlarini olib borayotgan Extreme Works kompaniyasi noqonuniy ishchilardan foydalanganini aniqladi.

Tekshiruv davomida, asosan Turkiyadan kelgan, roʻyxatga olinmagan kamida 79 nafar ishchi topildi. Bu holat qonunlarga qatʼiy rioya qiladigan Yevropa uchun haqiqiy shok boʻldi.

Endi kompaniya 1,09 million yevro miqdorida jarima toʻlashga majbur boʻladi, deb xabar bermoqda derbyderbyderby.it.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar