date

Rays dahshatli formada: "Arsenal" yulduzi o'ziga juda ishonmoqda

Rays dahshatli formada: "Arsenal" yulduzi o'ziga juda ishonmoqda
Londonning 'Arsenal' klubi yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar Ligasi doirasidagi 'Bavariya'ga qarshi o'yindan so'ng intervyu berdi. Uchrashuv 'Arsenal' foydasiga 3:1 hisobida yakunlangan.

26 yoshli ingliz futbolchi gol urmagan yoki assist bermagan bo'lsa-da, o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 'Shu kungacha karyeramdagi eng yaxshi futbolimni namoyish etyapman, desam mubolag'a bo'lmaydi.

Har bir mashg'ulot va o'yinda o'zimni juda ishonchli his qilyapman. Balki, bunga qadar hech qachon bunday sport formasida bo'lmagandirman.

O'yinimdan juda mamnunman va bu holat uzoq davom etadi degan umiddaman', – dedi Rays jurnalist Fabritsio Romano bilan suhbatda. 'Arsenal' Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ochko yo'qotmagan holda 15 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rays dahshatli formada: "Arsenal" yulduzi o'ziga juda ishonmoqda