
Qatar zaminida o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionati bugun tarixiy yakuniga yetib, muxlislarga yana bir esda qolarli futbol kechasi taqdim etadi. Bir necha haftalik keskin kurash, kutilmagan natijalar va yuksak drama ortda qoldi, endi esa musobaqaning eng muhimi — final janglari navbatda.
Bosh sovrin uchun ikki jamoa — Portugaliya va Avstriya o‘zaro bahslashadi. Ikkalasi ham musobaqa davomida yuqori texnika, chuqur taktika va a’lo jamoaviy o‘yin bilan ajralib turdi. Endi ular uchun asosiy sinov — Jahon chempionligi masalasi hal bo‘ladigan hal qiluvchi o‘yin.
Shu bilan birga, bronza medallari uchun ham juda qizg‘in kurash kutilmoqda. Futbol tarixi va an’analariga ega ikki grand — Braziliya va Italiya o‘smirlari uchinchi o‘rin uchun maydonga chiqadi. Bu ikki jamoa ham finalga yaqin kelgan bo‘lsa-da, omad oxirgi pog‘onada ulardan yuz o‘girdi. Endi ular qolgan imkoniyat — sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritish uchun bor kuchini ishga soladi.
Uchrashuvlar vaqti quyidagicha:
• 3-o‘rin uchun bellashuv
17:30 — Braziliya – Italiya
• Final
21:00 — Portugaliya – Avstriya
Qisqasi, bugungi kecha yoshlar futboli uchun haqiqiy bayramga aylanadi. Maydonga chiqadigan o‘smirlar orasida ertaga katta futbolda yulduzga aylanadiganlar ham borligi shubhasiz. Muxlislar esa jahonning eng iqtidorli yoshlarini bir sahnada ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Futbol shiddatiga tayyor turing — Qatardagi musobaqa bumdan ham qiziq bo‘lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.