
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Deklan Rays "Bavariya" ustidan (3:1) qozonilgan gʻalaba haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Birinchi boʻlimda har ikki jamoa bittadan gol urishga muvaffaq boʻldi.
Ammo tanaffusdan soʻng "toʻpchilar" oʻz ustunliklarini isbotlab, ikki gol urib, raqibga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi. "Bu mavsumda "Bavariya"ning oʻyinlarini koʻring – ular Yevropaning eng kuchli jamoalaridan biri.
Biz uchun taktika jihatidan bu oʻyin eng qiyin boʻldi. Ikkinchi boʻlimda biz shaxsiy duel va kurashlarda ajoyib oʻyin koʻrsatdik.
Murabbiy bizdan juda mamnun. Bu oʻzgacha Yevrokubok kechasi boʻldi.
Jamoamiz oʻzini ishonchli his qilmoqda, ammo haddan tashqari xursand boʻlishga hali erta – oldinda uzoq yoʻl bor", – deydi TNT Sportsga bergan intervyusida Rays. "Arsenal" 5 turdan soʻng 15 ochko bilan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.