date

Keyn mag'lubiyat sababini aytdi: Ikkinchi bo'limda o'chib qoldik

Keyn mag'lubiyat sababini aytdi: Ikkinchi bo'limda o'chib qoldik
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn Londonda "Arsenal"ga qarshi kechgan oʻyinda (1:3) jamoasining magʻlubiyati yuzasidan fikr bildirdi. Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa ikkinchi boʻlimda kiritilgan ikkita gol evaziga gʻalaba qozondi.

69-daqiqada Noni Madueke, 77-daqiqada esa Gabriel Martinelli raqib darvozasini ishgʻol qildi. Birinchi boʻlimda hisob teng edi.

"Kutilganidek, oʻyin juda qiyin kechdi. Birinchi boʻlimda teng kurash kuzatildi, biroq ikkinchi boʻlimda bizda energiya va intensivlik yetishmadi.

Juda koʻp kurashlarni boy berdik. Bu mavsumdagi ilk magʻlubiyatimiz, lekin vahimaga tushishga hojat yoʻq.

Biz bundan kerakli xulosalarni chiqaramiz", – dedi Keyn. 9-dekabr kuni "Bavariya" Chempionlar ligasi guruh bosqichining navbatdagi turida oʻz maydonida Lissabonning "Sporting" klubiga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Keyn mag'lubiyat sababini aytdi: Ikkinchi bo'limda o'chib qoldik