Liverpul 1:4 hisobida yutqazib, antirekordni takrorladi

Liverpul 1:4 hisobida yutqazib, antirekordni takrorladi

Liverpul 1:4 hisobida yutqazib, antirekordni takrorladi
Liverpul Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida oʻz maydonida Gollandiyaning PSV jamoasidan 1:4 hisobida magʻlubiyatga uchradi. Opta Sports maʼlumotiga koʻra, mersisaydliklar 72 yil avvalgi klub antirekordini takrorlashdi.

Klub 1953 yildan beri birinchi marta ketma-ket uchta oʻyinda kamida 3 tadan toʻp farqi bilan yutqazdi. Eslatib oʻtamiz, ushbu omadsizlikdan oldin ingliz grandi Premyer-ligada Manchester Siti va Nottingem Forestga 0:3 hisobida yengilgandi.

Angliya chempionatida Slot shogirdlari 12 turdan soʻng 18 ochko jamgʻargan boʻlsa-da, Liverpul ayni damda Premyer-liga turnir jadvalida atigi toʻqqizinchi oʻrinni egallab turibdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar