
Liverpul jamoasi mavsumning ogʻir davrini boshdan kechirmoqda. Soʻnggi uchrashuvda Arne Slot boshchiligidagi jamoa UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi turida Niderlandiyaning PSV klubidan 1:4 hisobida magʻlubiyatga uchradi.
Mazkur oʻyinda "qizillar" oʻz uy maydoni Anfildda yirik hisob bilan taslim boʻlishdi. Mirror nashrining xabar berishicha, agar niderlandiyalik murabbiy Arne Slot isteʼfoga chiqarilsa, Liverpul rahbariyati Madridning sobiq murabbiyi Zinedin Zidanga taklif bilan murojaat qilishi mumkin.
Fransiyalik mutaxassis Real Madridni tark etganidan buyon ish faoliyati olib bormayapti. Liverpul UEFA Chempionlar ligasi guruh jadvalida 13-oʻringa tushib ketgan.
Angliya Premer-ligasida esa jamoa 9-oʻrinni egallab turibdi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.