
Kiprning "Pafos" jamoasi bosh murabbiyi Xuan Karlos Karcedo Chempionlar ligasining beshinchi turi doirasida "Monako"ga qarshi o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Fransiya chempionatining vakili bilan kechgan uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi.
"Bu biz uchun juda qimmatli ochko. Jamoamiz tomonidan qo‘lga kiritilgan har bir ochkoning katta ahamiyati bor.
Agar xatolardan qochganimizda, bunday gollarni o‘tkazmas edik. Shunga qaramay, men natijadan xursandman va durangdan mamnunman", – dedi Karcedo, UEFAning rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Turnir jadvalida "Monako" va "Pafos" yonma-yon joylashgan bo‘lib, 23- va 24-o‘rinlarni egallab turibdi. Har ikki jamoa 6 ochkodan to‘plagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.