date

David Luis Chempionlar Ligasida rekord oʻrnatdi

David Luis Chempionlar Ligasida rekord oʻrnatdi
Yevropa futbolida Chempionlar Ligasi guruh bosqichining beshinchi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Kiprning "Pafos" jamoasi "Monako" klubi bilan durang oʻynab, har ikki jamoa ikkita golga mualliflik qildi.

Ushbu oʻyin davomida braziliyalik himoyachi David Luis "Pafos" tarkibida gol urishga muvaffaq boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, David Luis ushbu golni 38 yosh 218 kunlikda kiritgan.

Bu natija Chempionlar Ligasi tarixidagi ikkinchi eng yoshi katta gol muallifi boʻlishiga sabab boʻldi. Birinchi oʻrin esa portugaliyalik Pepega tegishli boʻlib, u 40 yosh 290 kunlikda "Real Madrid" va "Portu" klublari safida gol urgan.

Eslatib oʻtamiz, David Luis avvalroq Fransiyaning "PSJ" va Angliyaning "Chelsi" klublari safida ham toʻp surgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » David Luis Chempionlar Ligasida rekord oʻrnatdi