
Krishtianu Ronaldu yaqinda Irlandiyaga qarshi o‘yinda raqibni tirsagi bilan urgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. FIFA Ronalduga bir o‘yinlik diskvalifikatsiya joriy qildi va portugaliyalik hujumchi ushbu jazoni allaqachon o‘tab bo‘ldi.
Yana ikki o‘yinlik diskvalifikatsiya shartli jazoga aylantirildi va bu bir yil davomida sinov muddati bilan belgilandi. Daily Mail xabariga ko‘ra, FIFA ushbu qarori tufayli Sport arbitraj sudi (CAS)ga murojaat qilinishi mumkin.
Ronalduga nisbatan yumshoq diskvalifikatsiya qarorini jahon chempionati – 2026 guruh bosqichining dastlabki o‘yinlarida Portugaliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadigan jamoalar shikoyat qilishi mumkin. Ular Ronalduga faqat bir o‘yinlik jazo belgilanishi adolatsiz ekanini va Ronaldu ishtiroki ularning g‘alaba qozonish imkoniyatlarini pasaytirishini isbotlashga harakat qilishlari kerak bo‘ladi.
Jahon chempionati – 2026 qur'a tashlash marosimi 5-dekabr kuni Vashingtonda o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.