
Barselona klubi futbol akademiyasi "La Masiya" har doim isteʼdodli futbolchilarni yetishtirib keladi. Hozirda bu akademiyaning eng koʻp tilga olinayotgan nomi 11 yoshli futbolchi Destini Kosiso boʻlib, u oʻtgan mavsum davomida aql bovar qilmas 145 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Bu natija ko'plab mutaxassislarning eʼtiborini tortdi. Destinining shaxsiy agenti mashhur menejer Pini Zahavi boʻlib, u Robert Levandovskiy bilan ham ishlaydi.
Akademiya oʻzining kelajagini kafolatlash maqsadida Destini bilan Nike kompaniyasi orqali homiylik shartnomasini imzoladi. Ushbu shartnoma yosh isteʼdodning keyingi rivojlanish bosqichlarini moliyalashtirishga xizmat qiladi.
Ispaniyada bu voqea kichik mojaro keltirib chiqardi. Koʻpchilik 11 yoshli futbolchi uchun bunday eʼtibor va shartnomalarni ortiqcha deb hisobladi.
Biroq, Pini Zahavi bu vaziyatni yumshatishga muvaffaq boʻldi va mojaro bartaraf etildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.