
Boka Xuniors jamoasi uchun quvonchli yangilik – Euromericas Sport Marketing agentligi dunyoning eng mashhur klublari futbolkalarining sotuv darajasini o‘rgandi. Argentinaning bu yirik klubi eng yaxshi o‘ntalikka kirishga muvaffaq bo‘ldi.
Boka Xuniors oltinchi o‘rinni egalladi va ikki milliondan ortiq futbolkalari sotildi. Ularning oldida Real Madrid, Barselona, PSJ, Bavariya va Mayami Inter (Milanning emas) joylashgan.
Mayami Interning yuqori o‘rinda ekanligi Lionel Messining ushbu klubda to‘p surishi bilan izohlanadi. Yettinchi o‘rinni Braziliyaning Flamengo klubi egalladi.
O‘ntalikni esa Manchester Yunayted, Chelsi va Krishtianu Ronalduning yangi jamoasi Al-Nasr yakunladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.