date

"Ulardan tezroq yuguraman": Konsesau futbolchilarini yerga urdi

"Ulardan tezroq yuguraman": Konsesau futbolchilarini yerga urdi
Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasi bosh murabbiyi Serjiu Konsesau Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Qatar klubi "Al-Duhayl"ga qarshi safar uchrashuvida 2:4 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyindan soʻng oʻz jamoasining oʻyinini keskin baholadi. Portugaliyalik mutaxassis boshqaruvidagi jamoa 0:4 hisobida ortda qolgan, lekin oʻyin oxirida ikkita gol urishga muvaffaq boʻldi.

Uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Konsesau oʻz noroziligini yashirmadi. "Maydonda jamoa emas, faqat ismlar bor edi.

Bu mening murabbiylik faoliyatimda birinchi marta yuz berdi. Menga 50 yosh (15-noyabrda 51 yoshga toʻldi), lekin, xudo haqqi, bugun futbolchilarim koʻrsatgan tempda oʻzim ham yugura olaman.

Umid qilamanki, muxlislar bizni bu oʻyin uchun kechiradi. Hozircha aytadigan gapim shu", — dedi murabbiy TMW nashriga bergan intervyusida.

Hozirda "Al-Ittihod" gʻarbiy hudud jadvalida 6 ochko bilan 8-oʻrinni egallab turibdi va 5 oʻyinda toʻplagan ochkolar evaziga pley-off yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Ulardan tezroq yuguraman": Konsesau futbolchilarini yerga urdi