
“Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoaning soʻnggi oʻyinlardagi oʻyin darajasidan qoniqmagani maʼlum boʻldi. Shanba kuni “koʻk-anorranglilar” “Alaves”ni 3:1 hisobida magʻlub etgan boʻlsa-da, nemis mutaxassisi jamoa oʻz imkoniyatlarini toʻliq namoyish eta olmaganini taʼkidladi.
Diario Sport xabariga koʻra, Flik oʻyindan keyin juda xafa boʻlgan va “Barselona” kutilgan darajada oʻynamayotganini aytgan. Murabbiy jamoaning vaqt oʻtishi bilan yaxshilanishiga ishonchini bildirgan, ammo hozirgi vaziyatning qiyinligini ham yaxshi tushunadi.
Jamoa 2-dekabr, seshanba kuni La Liganing 15-turida “Atletiko Madrid”ga qarshi muhim oʻyinda maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.