date

Lamin Yamal qiyinchiliklarni qanday yengishini aytdi

Lamin Yamal qiyinchiliklarni qanday yengishini aytdi
“Barselona” yarim himoyachisi Lamin Yamal hayotdagi qiyin kunlarni qanday yengib o‘tishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. 18 yoshli futbolchining so‘zlariga ko‘ra, doimiy bosim va eʼtibordan chiqishiga ijobiy fikrlashi va kuchli xarakteri sabab bo‘ladi.

“Baʼzan hayot seni kutilmagan vaziyatlarga duchor qiladi va bu holatlarda kuchli tayanch kerak bo‘ladi. Menga xarakterim yordam beradi: har doim ijobiy fikrlayman, hatto barcha narsa yomon tuyulgan paytlarda ham.

Hech qachon tushkunlik yoki qayg‘u bilan uxlamayman. Har doim shunday o‘ylayman: ertaga yangi kun, mashg‘ulotlarga boraman, o‘zimni ko‘rsata olaman va dam olish kunlari yaxshi o‘yin o‘tkazaman”, – dedi Yamal “The Touchline”ga bergan intervyusida.

Shanba kuni Lamin Yamal “Barselona”ning “Alaves”ga qarshi o‘yinida (3:1) gol urib, bitta assist amalga oshirdi va jamoasiga g‘alaba keltirishga yordam berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal qiyinchiliklarni qanday yengishini aytdi