date

Lamin Yamal: Men rekord ortidan quvmayman

Lamin Yamal: Men rekord ortidan quvmayman
Barselona futbolchisi Lamin Yamal individual natijalar va statistikaga unchalik eʼtibor bermaydi. 18 yoshli qanot hujumchisi o'yindan zavq olishni afzal ko'rishini ta'kidladi.

"Men rekordlarni yangilash, millionta gol urish yoki faoliyatim davomida millionta o'yin o'tkazishni orzu qiluvchi futbolchilardan emasman. Men o'yindan zavq olishni istayman — umid qilamanki, zamonaviy bolalar mening namunamga ergashishni xohlashadi", — dedi yosh ispan futbolchisi intervyusida.

Lamin Yamal "Barselona" safida barcha musobaqalarda 120 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol va 43 ta golli uzatma amalga oshirgan. Ispaniya milliy terma jamoasi safida esa 23 o'yinda qatnashib, 6 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lamin Yamal: Men rekord ortidan quvmayman