
Lamin Yamalga ko'pdan beri "yangi Lionel Messi" tamgʻasi yopishtirilgan. Ammo 18 yoshli futbolchi "Barselona" afsonasini nusxalashga urinishdan yiroq.
"Men Lionel Messini barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi deb hisoblayman, lekin u ham mening yaxshi oʻyinchi ekanligimni biladi. Agar biz bir-birimizga qarshi oʻynasak, oʻzaro hurmat boʻladi.
U mening unga oʻxshashga yoki uning oʻn raqamli libosini kiyishga intilmayotganimni biladi. Men oʻz yoʻlimni bosib oʻtishni xohlayman", - dedi Yamal CBS'ga.
La Liga oʻtgan tur yakunlariga koʻra, "Barselona" Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi oʻringa koʻtarilib, "Real"ni ortda qoldirdi. 2-dekabr, seshanba kuni Xans-Diter Flik jamoasi "Atletiko"ni qabul qiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.