
Himoyachi Ronald Arauho yaqinda Chempionlar ligasida "Chelsi"ga qarshi oʻyinda maydondan chetlatilgan edi. Matbuotda urugvaylik futbolchining bu vaziyatni ogʻir qabul qilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Dam olish kunlari Arauho La Ligada "Alaves"ga qarshi oʻyinda qatnashmadi, bu holatni bosh murabbiy Hans-Diter Flik futbolchining oshqozon-ichak trakti bilan bogʻliq muammolari bilan izohlagan edi. Biroq endi nemis mutaxassisi gʻalati bayonot berdi – Arauho shaxsiy muammolari tufayli oʻyinga tayyor emas.
"Ronald oʻyinga tayyor emas. Bu shaxsiy vaziyat, va men bu haqda koʻproq maʼlumot bermoqchi emasman.
Sizlardan uning holatini hurmat qilishni soʻrayman. Hozircha aytadigan gapim shu," – dedi Flik dushanba kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.
"Barselona" seshanba kuni "Atletiko"ni qabul qiladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.