
Angliya Premer-ligasida seshanba kuni "Nyukasl" va "Tottenhem" jamoalari oʻzaro toʻqnash keladi. London jamoasi bosh murabbiyi Tomas Frank raqib haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
"Nyukasl" juda yaxshi jamoa. Ular anchadan beri yuqori darajada oʻynab kelishmoqda.
Men ilgari ham aytgan edimki, Xauga, uning murabbiylar shtabiga va ularning ishlayotgan uslubiga qoyil qolaman. Bu jamoa juda intensiv va tajovuzkor oʻyin koʻrsatadi.
Ularning uy oʻyinlaridagi natijalari ajoyib. Hammaga maʼlumki, ularning stadionida oʻynash oson emas.
Ular soʻnggi olti uy oʻyinida gʻalaba qozonishdi – ularning qarshisiga chiqish uchun ideal vaqt, toʻgʻrimi? Ular kuchli, lekin magʻlub boʻlmas darajada emas", dedi Frank matbuot anjumanida.
"Nyukasl" va "Tottenhem" oʻrtasidagi uchrashuv Moskva vaqti bilan 2-dekabr soat 23:15da boshlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.