date

Valensiya Madridda ochko oldi


Ispaniya chempionatining 14-tur o'yinlari dushanba kuni Madridda yakunlandi. Unda "Rayo Valyekano" va "Valensiya" jamoalari kuch sinashdi.

Birinchi bo'limda tashabbus mezbonlar tomonida bo'ldi. Uchrashuvning 37-daqiqasida "Rayo Valyekano" hisobni ochdi.

Burchak to'pi ijrosidan so'ng o'ng qanotdan uzatma amalga oshirildi va Mendining aniq zarbasi golga aylandi. Ikkinchi bo'limning o'rtalarida "Valensiya" hisobni tenglashtirishga erishdi.

Mezbonlarning jarima maydonchasida to'p to'xtab qoldi va Diego Lopes zarba berdi. Rikoshet tufayli darvozabon chalg'ib qoldi va to'p darvozaga kirib ketdi.

O'yin 1:1 hisobida yakunlandi va jamoalar ochkolarni bo'lishib oldi. Madridlik "ari"lar La Ligada 9-o'rinda, "ko'rshapalaklar" esa 15-o'rinda bormoqda.

Bu ikki jamoa o'rtasida bor-yo'g'i uch ochko farq mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Valensiya Madridda ochko oldi