Flik: Birinchi oʻrinda boʻlsak-da, yaxshi oʻynamayapmiz

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «koʻk-anorranglilar»ga yuklangan psixologik bosim haqida gapirdi. «Oʻtgan mavsumdagi kabi bosim ostidamiz.
Biz allaqachon bu mavsum qiyinroq boʻlishini aytgan edik, chunki barcha jamoalar chempionni magʻlub etishni istaydi. Biz birinchi oʻrindamiz, lekin oʻyinimiz eng yaxshi darajada emas», – dedi Flik Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
14 turdan soʻng, kataloniyaliklar 34 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalining birinchi pogʻonasida joylashgan. «Barselona» Madridning «Real» klubidan bir ochko oldinda.
La Liganing 15-turida Flik shogirdlari Madridning «Atletiko» klubiga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing