date

"Manchester Siti" "Fulxem"ga qarshi yangi tarkib bilan maydonga tushishi kutilmoqda

"Manchester Siti" "Fulxem"ga qarshi yangi tarkib bilan maydonga tushishi kutilmoqda

Angliya Premer Ligasining 13-turida “Manchester Siti” “Lids”ni 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Bu g‘alaba ularning chempionlik uchun kurashdagi asosiy raqobatchilari — “Arsenal” va “Chelsi”ga nisbatan katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki “Arsenal” va “Chelsi” o‘zaro 1:1 hisobida durang o‘ynashdi.

Endi “Manchester Siti”ning navbatdagi turdagi to‘qnashuvi “Fulxem”ga qarshi bo‘ladi. Bu uchrashuvda “Shaharliklar” uch ochko uchun maydonga tushadi. Bir necha manbalarga ko‘ra, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Lids”ga qarshi o‘yindagi kamchiliklarni inobatga olib, tarkibda ba’zi o‘zgarishlar qilishni rejalashtirmoqda. Bu o‘zgarishlar Abduqodir Husanovga ham daxldor.

“Fulxem”ga qarshi o‘yinda Xosep Gvardiola tarkibni o‘zgartirishni istab, Rayan Sherki va Abduqodir Husanovni boshlang‘ich tarkibda tushirishni rejalashtirmoqda. Mateush Nunesning “Lids”ga qarshi muvaffaqiyatsiz o‘yinidan so‘ng, Abduqodir Husanov himoyaning o‘ng qanotida portugaliyalik futbolchini almashtiradi.

INKL.COM sayti ham, shu bilan birga, “Manchester Siti”ning taxminiy tarkibini taqdim etdi:

  • Janluiji Donnarumma — darvozabon
  • Abduqodir Husanov — himoyaning o‘ng qanoti
  • Ruben Dias va Yoshko Gvardiol — markaziy himoya
  • Niko O’Rayli — chap qanot himoyasi
  • Niko Gonsales, Tijani Reynders va Fil Foden — yarim himoyachilar
  • Jeremi Dok-u va Erling Xoland — hujumchilar

Bu tarkib “Fulxem”ga qarshi yaxshi natija olish uchun maqsadga muvofiq, deb hisoblanmoqda.

“Fulxem” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi o‘yin 2-dekabrdan 3-dekabrga o‘tar kechasi, Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:30 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Manchester Siti" "Fulxem"ga qarshi yangi tarkib bilan maydonga tushishi kutilmoqda