
Ispaniyaning "Barselona" klubi La Liga doirasidagi muhim "Atletiko Madrid" jamoasiga qarshi oʻyinga tayyorgarlikni yakunladi. Uchrashuv 2-dekabr kuni "Kamp Nou" stadionida boʻlib oʻtadi.
Diqqatga sazovor jihati shundaki, mashgʻulotlarda ilgari tizza meniskidan jarohat olgan markaziy yarim himoyachi Gavi maydonda koʻrindi. Hozirda Gavi individual reabilitatsiya dasturidan oʻtmoqda, bu jarayon uning tizzasi qanday holatda boʻlishiga bogʻliq ravishda davom ettiriladi.
Futbolchining tayanchsiz, yaʼni qoʻltigʻi bilan yurmasdan koʻrinish berishi uning tiklanish jarayoni toʻgʻri yoʻnalishda ekanidan darak beradi, deb xabar beradi sport.es. Shifokorlar meniskni olib tashlash oʻrniga uni tiklashga qaror qilishdi, bu esa kelajakda tizzadagi jiddiy muammolarni oldini olishga qaratilgan.
Gavi maydonga taxminan fevral oxiri yoki mart boshlarida qaytishi kutilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.