
Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen Kataloniyaning "Barselona" jamoasi bilan umumiy mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Romano xabariga ko‘ra, 33 yoshli darvozabonga bir nechta klub qiziqish bildirmoqda. Ter Shtegen joriy mavsumda "ko‘k-anorranglilar" safida hali birorta o‘yin o‘tkazmagan va asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgan.
Shu sababli uning yanvar oyida yangi jamoaga o‘tishi ehtimoldan holi emas. Darvozabonning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, futbolchining bozor qiymati 8 million yevroga baholanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.