Gvardiola: 'Sanderlend' ajoyib o'yin ko'rsatmoqda

Gvardiola: 'Sanderlend' ajoyib o'yin ko'rsatmoqda
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida bo'lib o'tadigan "Sanderlend"ga qarshi o'yin oldidan raqib kuchini baholadi. Juma kuni "Fulxem"ni 5:4 hisobida mag'lub etgan Gvardiola, "qora mushuklar" bilan uchrashuvdan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Biz diqqatimizni 'Sanderlend'ga qaratishimiz kerak. Ularning 'Fulxem'ga qarshi o'yinini ko'rdim...

Xudoyim-ey! Ularning joriy mavsumda nega bu qadar yuqori o'rinda ekanligini tushundim.

Ular haqiqatan ham ajoyib o'ynashmoqda. Juda yuqori darajadagi futbol ko'rsatishmoqda", - deydi Gvardiola "The Touchline" manbasiga bergan intervyusida.

Bugun "Sanderlend" "Liverpul" maydonida safar o'yinini o'tkazadi. Rejis Le Bris boshchiligidagi jamoa hozirda APL jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar