date

Rafinya almashtirishni nega soʻraganini tushuntirdi


Barcelona vingeri Rafinya Dias jamoasining Madridning Atletico klubi ustidan 3:1 hisobidagi gʻalabasidan keyin intervyu berdi. Braziliyalik futbolchi jamoasining birinchi golini 26-daqiqada kiritdi.

Ammo 74-daqiqada 28 yoshli futbolchini bosh murabbiy Xans-Diter Flik almashtirdi. "Jismoniy holatim yaxshi, lekin hali toʻliq optimal darajaga yetganim yoʻq.

Shunday yuqori energiya talab qiladigan oʻyinda charchoqni his qildim. Shu sababli almashtirishni soʻradim – menda kuch qolmadi.

Xuddi shunday holatni Pedri ham boshidan oʻtkazdi", – dedi Movistar bilan suhbatda oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Rafinya. 6-dekabr kuni Kataloniya grandi safarda Betisga qarshi oʻyin oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rafinya almashtirishni nega soʻraganini tushuntirdi