
Madridning "Real" klubi darvozaboni Tibo Kurtua hujumchi Kilian Mbappening o'yiniga qoyil qolganini ma'lum qildi. Chorshanba kuni fransuz futbolchisi "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi, shuningdek, vatandoshi Eduardo Kamavingaga assistentlik qildi.
Uchrashuv "Real"ning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Mbappeni to'xtatish imkonsiz.
Bir payt o'yin davomida o'zimga shunday dedim: "Voy, qanday baxtki, men u bilan bir klubda o'ynayman va faqat milliy terma jamoada unga qarshi maydonga tushaman." Mbappe butunlay boshqa darajani namoyish etmoqda", – dedi Kurtua Madrid Xtra nashriga bergan intervyusida. "Real"ning hujumchisi La Ligada 15 o'yinda 16 gol bilan to'purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.