date

Messi: "O'tgan mundialda omad biz tomonda edi"

Messi: "O'tgan mundialda omad biz tomonda edi"
Lionel Messi 2022-yil Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatidagi Argentina terma jamoasining g'alabasini yodga oldi. "Albiseleste" finalda Fransiya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag'lubiyatga uchratgan edi.

Turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida Messi tan olingandi. "O'tgan safar omad biz tomonda edi: Niderlandiya va Fransiya bilan o'yinlarda biz yaxshiroq o'ynadik, lekin hammasini penaltilar seriyasi hal qildi.

Yaxshiyamki, Emiliano Martines bor edi, u bizga g'alaba keltirdi. Ammo penaltilar seriyasida ba'zida raqibga omad kulib boqadi.

Jahon chempionatini yutish juda qiyin", – dedi 38 yoshli Messi ESPN bilan suhbatda. Kelasi mundial 2026-yil iyun-iyul oylarida AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi: "O'tgan mundialda omad biz tomonda edi"