
Inter Mayami hujumchisi Lionel Messi yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati doirasida Argentina terma jamoasining imkoniyatlari haqida o'z fikrlarini bildirdi. Musobaqa yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.
Argentina terma jamoasi turnirga amaldagi chempion sifatida yo'l oladi. 2022 yilda “albiseleste” Qatarda o'zining uchinchi Jahon chempionligi unvonini qo'lga kiritgan edi.
“2022 yilgi muvaffaqiyatni takrorlash mumkinmi? Ha, deb o'ylayman.
Jamoa yana Jahon chempionatida g'olib bo'lishga intiladi va bor kuchini sarflaydi. Ammo ayrim kichik omillar muvaffaqiyatga to'sqinlik qilishi mumkin.
Har qanday raqib jiddiy qiyinchilik tug'dirishi ehtimoldan xoli emas”, — dedi Messi ESPNga bergan intervyusida. Shuningdek, sakkiz karra “Oltin to'p” sohibi bo'lgan Messining JCh-2026da ishtirok etishi hali aniq emas.
Turnir davomida u 39 yoshga to'ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.