Futbol TV telekanalida qaysi chempionatlar namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi

Futbol TV telekanalida qaysi chempionatlar namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi
Futbol TV telekanalida qaysi chempionatlar namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi

Futbol TV telekanaliga O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun litsenziya berildi.

Bu boradagi qaror Vazirlar Mahkamasi qoshidagi idoralararo muvofiqlashtiruv qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan.

Yangi telekanalda Chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi, Angliya Premyer ligasi va Ispaniya chempionati o‘yinlari namoyish etiladi. Hozirgacha bu musobaqalar UzReport TV tomonidan ko‘rsatilib kelinayotgan edi.

Xabarda aytilishicha, o‘yinlar jonli efirda va takroran namoyish etiladi. Bundan tashqari, futbol to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlar ham berib boriladi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Futbol TV O‘zbekistonda mart oyidan faoliyat boshlashi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar