Lamin Yamal La Liga noyabr oyi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Lamin Yamal La Liga noyabr oyi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Lamin Yamal La Liga noyabr oyi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"Barselona" o'zining ijtimoiy tarmoqlarida Lamin Yamal La Liga noyabr oyi eng yaxshi futbolchisi deb e'lon qilinganini ma'lum qildi. Yosh vinger noyabr oyida "ko'k-anorranglilar"ning muvaffaqiyatli ishtirokida muhim hissa qo'shdi.

Jamoa Ispaniya chempionatida to'rtta o'yinda qatnashib, ularning barchasida g'alaba qozondi. Yamal ushbu uchrashuvlarda uchta gol urdi va uchta golli uzatma amalga oshirdi.

Shu tariqa, u noyabr oyida "Barselona"ning eng samarali futbolchisiga aylandi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda jami 15 ta o'yinda qatnashib, "gol + pas" tizimida 7+7 ko'rsatkichni qayd etdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar