
Barselonaning sport direktori Deko jamoa bosh murabbiyi Xansi-Diter Flikning kelajagi haqida fikr bildirdi. Germaniyalik murabbiy "koʻk-anorranglilar"ni boshqarishda ikkinchi mavsumini oʻtkazmoqda.
Hozircha uning qancha muddat davomida lavozimda qolishi nomaʼlum. "Flik bizning klubda juda baxtli, ammo biz bilamizki, "Barselona"da ishlash juda qiyin.
Har bir kichik tafsilotga katta eʼtibor qaratiladi. Xansi juda hissiyotli va insonparvar, lekin u har doim ham hamma narsani nazorat qila olmaydi", – dedi Deko Barca Universalga bergan intervyusida.
La Liga turnir jadvalida "Barselona" 15 turdan keyin Madridning "Real" klubidan bir ochko oldinda peshqadamlik qilmoqda. Oʻtgan mavsumda kataloniyaliklar ichki arenada barcha sovrinlarni qoʻlga kiritgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.